O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2022-yil 5-aprel kungi Xalq ta’limi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirish yuzasidan o‘tkazgan videoselektor majlisida topshirilgan vazifa va topshiriqlarning ijrosini ta’minlash yuzasidan universitetimiz va fakultetimiz professor- o‘qituvchilari tomonidan reja asosida bir qancha amaliy ishlar olib borilmoqda.

Bugun 16-may kuni O‘zbek filologiyasi fakulteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchilari Shumanay tumani XTB ga qarashli 29-sonli maktabda bo‘ldilar. Ular maktab jamoasi, bitiruvchi va quyi sinf o‘quvchilari bilan uchrashib ularni ta’lim olishga, kitob mutolaa qilishga, til o’rganishga chaqirdilar. Shuningdek, o‘quvchilar universitetga o‘qishga kirishga targ‘ib qilindi va universitetimiz faoliyati, tarkibi, u yerda yoshlarning bilim olishi va iqtidorlarining rivojlanishi uchun yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Uchrashuv o‘quvchilarda katta taassurot uyg‘otdi. Ular tomonidan berilgan savollarga o‘qituvchilarimiz tomonidan atroflicha javob berildi.


O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi
o‘qituvchisi Guljahon Doshanova