Bugungi kunda asosiy dolzarb muammo boʻlayotgan mustahkam oilani shakllantirish, bu masalada yosh oilalar ongiga singdirish maqsadida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Oʻzbek filologiyasi fakultetida aynan oila qurgan qizlar bilan birgalikda 15-may Xalqaro oila kuni munosabati bilan “Oila muqaddas dargoh” mavzusida yakkama yakka suhbat oʻtkazildi. Fakultetda jami 66 ta qizlar oila qurgan, shundan 28 qiz homilador va 26 qiz farzandli, qolganlar yaqinda turmush qurgan yosh oilali qizlar sanaladi. Mazkur suhbatda xususan talaba qizlarga oila qurishda e’tibortalab masalalar, er-xotinning bir-birlarini tushunishi, oilaviy nizolar jarayonida ayol kishining oʻzini tuta bilishi, shirinsuxanlik borasida qimmatli fikrlar aytildi. Oʻzbek filologiyasi fakulteti Xotin-qizlar masalalalari boʻyicha dekan maslahatchisi K.Baymenova bu masalada talaba qizlarga oʻz tajribasidan, hayotiy misollar asosida yetarlicha ma’lumotlar berdi. Shuningdek, ayni damda oiladagi kelishmovchiliklarning asosiy sabablarining har biriga alohida urgʻu berdi. Yakka suhbat jarayonida qizlardan qachon turmush qurganligi, oʻzaro oilaviy munosabatlari va sharoitlari, qaynona va kelin munosabati borasida turli xil savollar bilan murojaat qilindi Bundan tashqari farzand tarbiyasidagi qiyinchiliklari, shuningdek, homiladorlik davridagi jarayonlarning kechishi borasida toʻliq soʻrab oʻrganildi. Bu boʻyicha tegishli muammolarga duch kelayotgan qizlarimizga atroflicha maslahatlar berildi.
Kamshat Baymenova
Oʻzbek filologiyasi fakulteti
Xotin-qizlar boʻyicha dekan maslahatchisi