??? Diqqat, e’lon!!! – Vodorod energetikasi sohasi bo’yicha ilmiy stajirovkalar tanlovi

O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri I.Abduraxmonovning 2022-yil 5-apreldagi Geologiya fanlari universitetiga tashrifi doirasida o’tkazilgan 14-yig’ilish bayonida keltirilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan yosh olimlarni geologiya sohasida hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasining “Inson qadrini ulug’lash va faol mahalla yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturi”ning 95-bandida keltirilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan 2022-2024-yillarda yosh olimlarni vodorod energetikasi sohasida xorijiy ilmiy stajirovkalarga yuborish bo’yicha tanlov e’lon qilinganligi ma’lum qilamiz. Tanlovga hujjatlar joriy yilning 10-iyuniga qadar qabul qilinadi. Tanlov bo’yicha batafsil ma’lumotlarni O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining quyidagi veb-sayti havolasi orqali olishingiz mumkin: https://mininnovation.uz/contest/post-550

 

Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo’limi

 

Foydali havolalar