Joriy yilning 20-may kuni Davlat-xususiy sheriklik toʻgʻrisidagi bitimni tuzish huquqi boʻyicha tender gʻolibini aniqlash yuzasidan tender komissiya vakili, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining ta’lim, fan va madaniyat tarmoqlarida budjet siyosati departamenti boʻlim boshligʻining oʻrinbosari D.Niyozov, Qoraqalpoq davlat universitetiga kelib, Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi barcha oliy ta’lim muassasalarining moliya va iqtisod ishlari boʻyicha prorektorlari va ma’sul xodimlari hamda davlat-xususiy sheriklik asosida talabalar turar joylarini barpo qilish istagini bildirgan tadbirkorlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.



Mazkur uchrashuvda, komissiya vakili D.Niyazov chiqib, majlis ishtirokchilariga “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentyabrdagi «Respublika oliy ta’lim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi 563-sonli qarori va Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-maydagi “Talabalar turar joylarini davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida qurish uchun Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan subsidiya ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 239-sonli qarorlari boʻyicha 2022-2025-yillarda hududlarda davlat-xususiy sheriklik asosida talabalar turar joylarini barpo qilish boʻyicha qarorlarda belgilangan vazifalar va qonun-qoidalari boʻyicha tushuncha lar berib oʻtdi. Uchrashuvda ishtirok etayotgan tadbirkorlar va ma’sul xodimlar tomonidan berilgan savollariga tegishli javoblar oldi.

