Joriy yilning 22-yanvar kuni Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat institutida turdosh Oliy ta’lim muassasalari (Namangan muxandislik-texnologiya instituti, Andijon mashinasozlik instituti, Fargʻona politexnika instituti, Jizzax politexnika instituti, Buxoro muxandislik-texnologiya instituti, Qoraqalpoq davlat universiteti, Termiz davlat universiteti, Termiz muxandislik-texnologiya instituti) miqiyosida qishki tatilda talabalarning boʻsh vaqtini mazmunli va samarali oʻtkazish maqsadida 5 ta muhim tashabbus doirasida «Muxandislik va kompyuter grafikasi» fani boʻyicha onlayn olimpiada oʻtkazilib, unda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Sanoat texnologiyasi fakulteti Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi ta’lim yoʻnalishi 2-bosqich talabasi Ulzira Toʻrebayeva qatnashib faxirli ikkinchi oʻrinni egallashga muovfaq boʻlgan edi.


Bugin Universitetimizning tashkil topganiga 45-yil toʻlishi munosabati bilan oʻtkazilayotgan xalqaro anjuman arafasida Sanoat texnologiyasi fakulteti talabasi Toʻrebayeva Ulziraning erishgan yutugʻi bilan Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori, professor Gulamov Azamat Eshonkulovich tabriklab, institut rektori nomidan diplom va qimmat baho sovgʻalarni topshirdi va Qoraqalpoq davlat universiteti talabalariga hamda professor oʻqituvchilariga kelgusi oʻqishlarida va ilmiy ishlarida muvaffaqqiyotlar tiladi. Shuningdek, «Muxandislik va kompyuter grafikasi» fani oʻqitivchilari A.Arziyev va B.Tajetdinovalarga katta minnatdorchilik bildirdi.

