Qizlarning yashash tarzi doimo nazoratda

Bugungi kunda talabalar hayoti uchun asosiy masala ularning turar joy bilan ta’minlanishidir. Bu borada Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti ham uzoq viloyatdan kelib tahsil olayotgan talabalar uchun Talabalar turar joyiga alohida diqqat qaratmoqda. Jumladan, universitetning 1-2-3-sonli Talabalar turar joyida yashovchi talabalar holati oʻrganib boriladi. Xususan, Oʻzbek filologiyasi fakulteti talaba qizlarining yashash tarzi fakultet Xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi K.Baymenova tomonidan nazorat qilib borildi.

Ularga yaratilgan imkoniyatlarni kuzatarkan, oʻz uyidek ozoda va toza saqlashni, ichki tartib qoidalariga qat’iy amal qilish zarurligi borasida tushuntirdi. Har bir xonani koʻrib chiqarkan, undagi har bir narsa-buyumni oʻz oʻrnida qoʻyishini, oziq-ovqat mahsulotlarining, kitoblar javoni, idish-tovoqlar, kiyim-kechaklar va oyoq kiyimlarning toʻgʻri tartibda joylashishini, shuningdek, oshxona va kirxonalarni ham jiddiy nazorat qildi. Ma’naviyat xonalaridagi yaratilgan imkoniyatlar, toʻgaraklardagi holat, qizlarning jalb qilinganligi koʻrib chiqdi va qizlarga zaruriy maslahatlar berdi.

         Bundan tashqari ijarada yashovchi qizlar holidan ham xabar olindi. Uy egalari va qizlar uchun qulayliklar oʻrganildi.

 

 

Kamshat Baymenova

Oʻzbek filologiyasi fakulteti

Xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi

Foydali havolalar