“Ayol-qizlar va yoshlar” haftaligi bilan ijodlar sari

Bugungi kunda Oʻzbekiston ayollari har bir jabhada oʻz oʻrniga ega boʻlib borayotganini quvonarli holat. Ayni damda Nukus shahrida ham “Ayol-qizlar va yoshlar” haftaligiga start berildi. Haftalik xotin-qizlarning faolligini oshirish, ularning ta’lim va kasbiy koʻnikmalar olishi, bandligini ta’minlashga har tomonlama koʻmaklashish, tadbirkorlik tashabbuslarini yanada qoʻllab-quvvatlash, xotin-qizlar muammolari, ehtiyojlari va qiziqishlarini tizimli oʻrganish maqsadida tashkil etilgan boʻlib, mazkur haftalik Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narbayevaning bir qator ishonchli vakillari ishtirokida olib borildi.

 Dastlab Nukus shahridagi Yoshlar markazida Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududidagi oliy ta’lim muassasalari Xotin-qizlar kengashi a’zolari va iqtidorli talaba qizlar ishtirok etdilar. Jumladan, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Xotin-qizlar kengashi va dekan maslahatchilari, qobiliyatli yoshlar faol qatnashdi va oʻz hissalarini qoʻshdilar.

 

 Xususan, universitet talabasi Indira Jumabayeva ham oʻz kolleksiyalari bilan mehmonlarni qoyil qoldirdi. Bundan tashqari haftalik doirasida hunarmand qizlar bilan davra suhbatlari hamda qoʻli gul qizlarimizning ijodi boʻyicha koʻrgazmalar tashkil qilindi. Bu koʻrgazmalar ham mehmonlarda katta taassurot qoldirdi. Seminar mazmunli va qiziqarli davom etdi.

 

  QQDU Xotin-qizlar kengashi

Foydali havolalar