O`zbekiston-Turkiya oliy o`quv yurtlari forumi o`tkazildi

Joriy yilning 9-10-iyun kunlari Turkiyaning Izmir shahrida O`zbekiston-Turkiya oliy o`quv yurtlari forumi bo`lib o`tdi. Forumda texnik va injenerlik sohasida kadrlar tayyorlaydigan 20 dan ortiq oliy o`quv yurtlari rektorlari, prorektorlari va vazirlikning mas’ul shaxslaridan iborat delegatsiya qatnashdi. O`zbekiston-Turkiya oliy o`quv yurtlari forumida Qoraqalpog`iston Respublikasidan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori A.Reymov boshchiligidagi delegaciya a’zolari ishtirok etdi.

 

       Forum doirasida Turkiyaning bir nechta universitetlari bilan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti o`rtasida xalqaro birga ishlashish bo`yicha memorandumlarga qo`l qo`yishdi.

‑Turkiyaning Burdur Mehmet Akif Ersoy universiteti rektori Adem Korkmaz bilan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori A.Reymovlar ikki universitet o`rtasidagi xalqaro birga ishlashish bo`yicha shartnomaga erishildi. 

‑Turkiyaning Usak universiteti rektori professor Ekrem Savas va Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori professor A.Reymovlar ikki universitet o`rtasida xalqaro birga ishlashish, mevlana loyihasi bo`yicha shartnoma almashishdi. Bu shartnomada professor o`qituvchilar va talabalarning belgilangan mutaxassislik bo`yicha tajriba almashishi ko`zda tutilgan.

‑Turkiyaning Sakarya universiteti rektori Fatih Savasan va Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektori Axmed Reymovlar ikki universitet o`rtasida xalqaro birga ishlashish bo`yicha memorandumga tuzdilar.

Bu tuzilayotgan memorandumning maqsadi ikki oliy o`quv yurtlari o`rtasida ko`rsatilgan yo`nalish bo`yicha birga ishlashishni yo`lga qo`yish, shuningdek, gumanitar, ijtimoiy va tabiiy fanlar bo`yicha universitet xizmatkorlari va o`qituvchilarning tajriba almashishi ko`zda tutilgan. Bundan tashqari, pedagog kadrlar tajribasini orttirish kurslarini va akademik uchrashuvlar, shu bilan bir qatorda kelajakda simpoziumlar tashkillashtirishni yo`lga qo`yishni maqsad qilgan. 

Shuningdek, forumda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti o`quv ishlari bo`yicha prorektorı O.Duysenbaev bilan Turkiyaning Еge universiteti Texnikumi bilan xalqaro birga ishlashishni yaxshilash va qo`shma ta’limni yo`lga qo`yish masalalari kelishib olindi.

Shu bilan bir qatorda prorektor O.Duysenbaev Еge universiteti jurnalistika fakultetida bo`lib, u yerda olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi.

QDU Matbuot xizmati

Foydali havolalar