Mamlakatimizda yoshlarni yyetuk va komil inson qilib tarbiyalash, ularni qoʻllab-quvvatlash, jismonan kamol topishida keng islohotlar amalga oshirilmoqda. Joriy yilning 14-iyun kuni Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti Tyutorlari rahbarligida talabalar Nukus shahridagi 21131 Harbiy qismiga tashrif buyurishdilar.

Tadbir doirasida talaba yoshlarga harbiy xizmatchilarning faoliyatida bevosita jangovar va ma’naviy-ma’rifiy tayorgarlik mashgʻulotlari bilan shugʻullanishlari uchun barpo qilingan oʻquv sinflari, harbiy xizmatchilar nazariy olgan bilimlarni amaliyotda qoʻllash va oʻrganish uchun moʻljallangan kichik dala oʻquv maydonlari talabalarga koʻrgazma qilindi, shuningdek Mudofa vazirligi harbiy okruglari ichida birinchi “Okrug tarixi muzeyi” aynan shu harbiy qismda bunyod yetilgan boʻlib 1.5 ming tarixiy yeksponatlar saqlanmoqda. Tashrif davomida boʻlib oʻtgan koʻrgazmalar talaba yoshlarda katta qiziqish uygʻotdi.
Yelyorbek Begmurodov
Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti 2-Kurs talabasi

