O‘zbek filologiyasi fakultetida “Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda fakultet dekani M.Kurbaniyazov, rektor maslahatchisi Т.Аytmuratov, Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat bo‘limi boshlig‘i K.Oteniyazovlar va professor-o‘qituvchilar ishtirok etdi.

Uchrashuvda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari huquqiy ong va huquqiy madaniyatning yuksakligi, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, ularning oqibatlarini, unga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrar ekanligi bo‘yicha qator masalalarga to‘xtalib o‘tildi.
Darhaqiqat, korrupsiyaga qarshi kurashishda ta’lim muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy ta’lim va tarbiya masalalari bugunning muhim vazifalaridan biridir. Chunki huquqiy ong va huquqiy madaniyati yuksak bo‘lgan va huquqiy ta’lim va tarbiya jihatdan yetuk bo‘lgan insonlar salbiy illat bo‘lmish korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaydilar.
O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi
assistenti Kamshat Baymenova



