Kiyinish madaniyati-ma’naviyatimiz poydevori

Bugungi shiddatli davr yosh avlodga zamonaviy ta’lim berish bilan birga ularni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, yuksak insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash, ongi va qalbini mafkuraviy, ma’naviy va axborot tahdidlaridan ishonchli himoya qilish, ularda gʻoyaviy immunitetni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor berish lozimligini, shuningdek, ta’lim dargohlarida kiyinish madaniyatiga ham katta e’tibor berish talab qilinayotganligini sababli joylarda uchrashuvlar boʻlib oʻtmoqda.

 

        Jumladan, Berdaq nomidagi QDU Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan Oʻzbek filologiyasi va Biologiya fakulteti talaba-qizlari ishtirokida “Kiyinish madaniyati-ma’naviyatimiz poydevori” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. Uchrashuvga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy boshqarmasining bosh mutaxassisi N.Jamolov, Nukus shahar Muhammed Bakiy eshon jome’ masjidi imom xotibi Sh.Xudayberganov va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning Nukus shahar bosh mutaxassisi X.Nizamatdinovlar tashrif buyurdi.

       Suhbat jarayonida ular ta’lim-tarbiya masalasiga, shuningdek, mavjud tahdidlarning mazmun-mohiyatini yoshlarga tushuntirish va yoshlar orasida turli xil salbiy holatlarning oldini olish  borasida toʻxtaldilar. Eng asosiy masala kiyinish madaniyati – insonning tashqi koʻrinishi, ma’naviy dunyosi, estetikasi, axloqiy sifatlari va salohiyatini ochib berishi, kiyinish madaniyatiga boʻlgan qarash insonning goʻzallik, nafosat, odob borasidagi koʻz qarashlarini ifoda etadigan omil ekanligini ta’kidladilar. Talabalar suhbat davomida oʻzlari qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

     

Kamshat Baymenova

Oʻzbek filologiyasi fakulteti

 Xotin-qizlar boʻyicha dekan maslahatchisi

Foydali havolalar