Universitetimizda StrikePlagiarism.com antiplagiat axborot tizimi ishga tushdi.
Ushbu Strikeplagiarism axborot tizimi yordamida universitet professor-oʻqituvchilari, doktorantlar, magistrlar va talabalarning kitoblari, dissertatsiya va boshqa ilmiy ishlarning originallik darajasini tekshirish, yaʼni boshqa manbalardan ruxsatsiz koʻchirish bilan bogʻliq plagiat elementlarining mavjud yoki mavjud emasligini tekshirish uchun moʻljallangan.
Tizim hujjatlarini tekshirish natijasida tekshirilganlik toʻgʻrisidagi sertifikat berish, tekshirish natijalarining qisqa hisobotini (.pdf variantda) va tekshirish natijalarining toʻliq hisobotini (.pdf variantda), shu bilan birga, hujjatlarni bazaga kiritish va keyingi tekshirishlar vaqtida ushbu mualliflar ilmiy ishining bazada qolishi taʼminlanadi. Bundan tashqari, plagiat elementlari topilganda muallifga bu toʻgʻrisida xabar berish, kommentariyalar qoldirish kabi imkoniyatlar ham yaratib beriladi.
Strikeplagiarism axborot tizimi yordamida kitoblar, dissertatsiya va boshqa ilmiy ishlarning originallik darajasini tekshirishni xohlovchi professor-oʻqituvchilar, doktorantlar, tayanch doktorantlar, magistrlar va talabalar Universitet “Algoritmlash va dasturlash texnologiyalari” kafedrasi assistenti Geldibayev Beginchga (tel.: +99897 787 45 66) murojaat qilishingiz mumkin.