O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2022-yil 26-avgustdagi 32-22/4856-son xatiga muvofiq, Eron Islom Respublikasi Agrar tadqiqotlar, ta’lim va rivojlanish tashkiloti bilan hamkorlikda yosh olimlarni biotexnologiyalar, sho‘rga chidamli o‘simliklarni yetishtirish, bog‘dorchilik hamda
vaksina yo‘nalishida qisqa muddatli ilmiy stajirovka o‘tashga tavsiya qilinuvchilardan hujjatlarni qabul qilish muddati 2022-yil 10-sentyabrga qadar uzaytirilganligini ma’lum qilamiz.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun telefon: +998909892405 S.Taxirov, +998944206870 S.Sultanov.