E’LON!!!

“Respublika professional ta’lim instituti” ta’lim muassasasining (Belarus Respublikasi) 2022-yil 8-sentyabrdagi 01-21/1841-son xatiga muvofiq, 2022-yilning 7-oktyabr kuni “Eko Texnopark-Volma” resurs markazi”da (Belarus Respublikasi) “Iqtisodiyotni raqamlashtirish sharoitida fan, ta’lim va ishlab chiqarishni rivojlantirishning dolzarb muammolari va tendensiyalari” mavzusida ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazilishini ma’lum qilamiz.

Konferensiya quyidagi yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi: BIM texnologiyalari, qurilish, energiyatejamkor qurilish, intellektual energiya, suvni tozalash. Konferensiyaga maqola va tezislar 2022-yilning 23-sentyabr kuniga qadar (konferensia-volma@yandex.by) qabul qilinadi.

Murojaat uchun telefon: +375(17)3743066 Alesenko Anna Viktorovna. Konferensiya axborot xati ilova qilinadi.

ахборот хати илова

Foydali havolalar