Qurilish fakultetida odob-axloq qoidalari, kiyinish madaniyati bo’yicha seminar trenig bo’lib o’tdi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq Davlat universiteti Qurilish fakulteti talaba qizlari orasida odob-axloq qoidalari, kiyinish madaniyati va tartib-intizom haqida uchrashuv boʼlib oʼtdi.

Uchrashuvni Qurilish fakulteti xotin-qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi R.Paxratdinova olib bordi.

 Suhbat jarayonida R.Paxratdinova ta’lim-tarbiya masalasiga, shuningdek, kiyinish madaniyati-insonning tashqi koʻrinishi, ma’naviy dunyosi, estetikasi, axloqiy sifatlari va salohiyatini ochib berishi, kiyinish madaniyatiga boʻlgan qarash insonning goʻzallik, nafosat, odob borasidagi koʻz qarashlarini ifoda etadigan omil ekanligini ta’kidlab o’tdi.

Shuningdek, suhbat davomida universitetimizda 2021-yil 15-dekabrda tasdiqlangan odob-axloq kodeksiga asoslanib fakultetimiz rasmiy sayitida e’lon qilingan o’qish formasi ovozga qo’yilib, ovoz berish jarayonida talabalarimiz o’zlarining ijobiy fikrlarini bildirib o’tdi va o’zlarining qiziqtirgan savollariga javoblar oldi.

 

Qurilish fakulteti 2-kurs talabasi N.Sobirova

 

 

Foydali havolalar