2022-yil 2-dekabr kuni Samarqand iqtisodiyot va servis institutida 7-chi “Xalqaro talabalar simpoziumi” o’tkaziladi. Abstraktlari qabul qilingan talabalar ham oflayn hamda zoom orqali onlayn qatnashish imkoniyatiga egadir.
Simpozium quyidagi yo’nalishlarda maqolalarni qabul qiladi:
- gumanitar fanlar (mas.tilshunoslik, adabiyot, falsafa va hokazo),
- ijtimoiy fanlar (mas.tarix, iqtisodiyot, siyosat va hokazo),
- tibbiyot,
- turizm,
- muhandislik va
- texnologiya.
Abstrakt topshirishning oxirgi muddati 2022-yil 25-noyabr. Taqdimotini muvaffaqiyatli taqdim etgan talabalarga xalqaro sertifikat beriladi. Anjumanda ishtirok etish bepul! Konferentsiyaning xalqaro statusi bois maqolalar va prezentatsiyalar faqatgina ingliz tilida qabul qilinadi. Simpoziumda qatnashish bepul. Eng yaxshi 6 ta talabaga “Best Student Paper Award” nominatsiya bo’yicha sovg’a va sertifikat topshiriladi.
Tezislar proceedings.submission@gmail.com elektron pochta manziliga yuborilishi kerak.
Axborot xati ilova qilinadi.