E’LON

Inson huquqlari sohasidagi Jahon ta’lim dasturini to’rtinchi bosqichi, BMTning Inson huquqlar sohasida ta’lim va tarbiya to’g’risidagi deklaratsiyasi doirasida hamda O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan Inson huquqlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy markazi tomonidan “Inson huquqlari sohasidagi ta’lim va tadqiqotlar” mavzusida respublika tanlovi o’tkazilishi rejalashtirilmoqda.

Tanlov quyidagi nominatsiyalar bo’yicha o’tkaziladi:

– Inson huquqlari bo’yicha eng yaxshi o’quv kursi;

– Inson huquqlari va erkinliklariga bag’ishlangan eng yaxshi rasm;

– Inson huquqlari va erkinliklariga bag’ishlangan eng yaxshi videorolik;

– Inson huquqlari bo’yicha eng yaxshi maqola, eng yaxshi ilmiy maqola va eng yaxshi ommabop maqola;

– Inson huquqlari va erkinliklariga bag’ishlangan eng yaxshi o’quv adabiyotlari: bosma o’quv adabiyoti va elektron o’quv adabiyoti.

Shu munosabat bilan, Sizdan universitetimizda ushbu yo’nalish bo’yicha ilmiy izlanish olib borayotgan professor-o’qituvchilar va talabalar mazkur tanlovda ishtirok etishlari tavsiya etiladi.

Tanlovga oid hujjatlar (tanlov Nizomi, tanlov arizasi namunasi) ilova qilinadi.

Танловга оид ҳужжатлар

 

Foydali havolalar