QURILISH FAKULTETIDA “BIZ ZO’RAVONLIKKA QARSHIMIZ” MAVZUSIDA DAVRA SUHBATI TASHKIL ETILDI

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Qurilish fakultetida “Zo’ravonlikka qarshimiz 16 kun” aksiyasi doirasida «Biz zo‘ravonlikka qarshimiz» mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda Universitet xotin qizlar masalalari bo’yicha rektor maslahatshisi I.Seytnazarova, Universitet profilaktika inspektori leytenant R.Tasbaeva, Qurilish fakulteti xotin qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi R.Paxratdinova, tyutor J. Ashirbekov hamda talaba qizlar ishtirok etdi.

SHuningdek, Universitet profilaktika inspektori leytenant R.Tasbaeva tomonidan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to’g’risida”gi va “Xotin-qizlarni tazyiq va zo’ravonlikdan himoya qilish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunlari hamda tazyiq va zo’ravonlik holatlarining oldini olish, ularni aniqlash va ularga chek qo’yish chora-tadbirlarining umumiy va yakka tartibdagi chora-tadbirlarga tasniflanishi, himoya orderini berish va jabrlanuvchini Reabilitatsiya markazlariga joylashtirish tartiblari to’g’risida ma’lumotlar berib, ish jarayonida yuzaga kelayotgan muammolarni amaliy misollar bilan tushuntirib berdi.

 

Ushbu tadbirda talabalar ishtirok etish orqali oiladagi nizoli vaziyatlarni hal qilish, bolalarni tarbiyalash va oilaviy zo’ravonlikning oldini olish mavzularida o’z rasmlari bilan faol ishtirok etdi va fakultet xotin qizlar kengashi tamonidan tashkil etilgan faxriy yorliqlar va sovg’alar bilan taqdirlandi.Tadbir so»nggida talabalar tamonidan badiiy qism tashkil qilindi.

 

Qurilish fakulteti xotin qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi R.Paxratdinova

Foydali havolalar