“BIZ ZO’RAVONLIKKA QARSHIMIZ” SHIORI OSTIDA AKSIYA TASHKIL ETILDI  

 2022-yilning 12-noyabr kuni O‘zbek filologiyasi fakultetida “Biz zo’ravonlikka qarshimiz” shiori ostida aksiya tashkillashtirildi. Tadbirda fakultet dekani M.Kurbaniyazov, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi I.Seytnazarova, Muhammad ibn Ahmad Al Beruniy nomidagi Islom bilim yurti mudarrisi J.Abdikarimov, fakultet Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi D.Aminova, tyutorlar va talaba yoshlar ishtirok etdi.

 

Uchrashuv davomida bugungi kunda xotin-qizlarni zo‘ravonlikdan himoya qilish borasida jamiyatda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka doir murosasizlik muhitini yaratish uchun chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimizda xotin-qizlarni zo‘ravonlikdan himoya qilishga oid bir qator xalqaro hujjatlar ratifikasiya qilindi. Inson huquqlariga oid xalqaro hujjatlarda shaxsni zo‘ravonliklardan, shu jumladan oilada sodir etiladigan jinoiy zo‘ravonliklardan himoya qilish mexanizmi mustahkamlab qo‘yilgan. Inson huquqlari bo‘yicha umumjahon deklarasiyasi, fuqarolik va siyosiy huquqlar bo‘yicha xalqaro kelishuv hamda Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar bo‘yicha xalqaro kelishuv oilani jamiyat asosidagi guruh deb tan oladi hamda shaxsni oiladagi zo‘ravonliklarda himoya qiladi. Milliy qonunchiligimizda ham inson huquq va erkinliklarini himoya qilish, uning hayoti, sog‘lig‘i, qadr-qimmati va boshqa qonuniy manfaatlarini himoya qilish masalalari ustuvorlik kasb etadi.

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 26-moddasida: “Hech kimning qiynoqqa solinishi, zo‘ravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas“, deb qayd etilgan. O‘zbekiston Respublikasi “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida“ Qonunining maqsadi xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Xulosa qilib aytganda, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, tazyiq va zo‘ravonlikka doir murosasizlik muhitini yaratish bo‘yicha sa’y-harakatlarni doimiy ravishda izchil amalga oshirish sodir etilayotgan zo‘ravonlikning kamayishiga olib kelishi aniq.   

 

 

 

Foydali havolalar