Nukus shahridagi 33-sonli maktab jamoasi va O‘zbek filologiyasi fakulteti tyutorlari bilan birgalikda “16-noyabr — Xalqaro bag‘rikenglik kuni” munosabati bilan tadbir o‘tkazdilar. Xalqaro YUNESKO tashkiloti dunyoda tinchlik, dinlar va konfessiyalararo muloqotni o‘rnatish, millatlar va ellatlar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish borasida bir qator ishlar amalga oshiririb, hozirda bag‘rikenglikka oid 70 dan ziyod xalqaro hujjatlar qabul qilingan.
Ularning yorqin namunasi 1995-yil 16-noyabrda Parijda YUNESKO Bosh konferensiyasining 28-sessiyasida e’lon qilingan “Bag‘rikenglik tamoyillari deklaratsiyasi”dir. Hozirda ushbu kun butun dunyoda “Xalqaro bag‘rikenglik kuni” sifatida keng nishonlanadi. Bugungi kunda mamlakatimizda tinchlik, osoyishtalik hukm surmoqda. Bunday tinch osuda hayotning qadriga yetaylik. Ana shu tinchlik, osoyishlatik omili bo‘lgan diniy bag‘rikenglik tamoyillarini yanada mustahkamlash va rivojlantirishga diyorimizda alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Yurtimizda xilma–xil diniy e’tiqodga ega bo‘lgan kishilarning bir zaminda buyuk g‘oya va sof niyatlar yo‘lida xamkor va hamjixat bo‘lib yashashligi bag‘rikenglikning yorqin namunasidir.


