Tanlov natiyjalari aniqlandi!!!

Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish Milliy kengashi tomonidan joriy yilning 17 avgustdagi 8-sonli bayoni bilan tasdiqlangan «9-dekabr-Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni»ga bagʻishlangan Aksilkorrupsiya haftaligi doirasida oʻtkazilgan tadbirlar rejasining 4-bandiga muvofiq «Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz» mavzusida insholar tanlovini universitet bosqichin oʻtkazildi va  gʻoliblar aniqlandi.

Tanlovni oʻtkazish boʻyicha tashkiliy guruh va soha professor-oʻqituvchilaridan iborat hakamlar hayʼati tuzildi. Tanlov talablariga muvofiq yuqori saviyada tashkil etildi. Tanlovga barcha fakultetlardan jami 50 ta talabalar ishtirok etdi. Talabalar tomonidan taqdim etilgan ijodiy ishlar universitet kesimida tuzilgan hakamlar hayʼati tomonidan tanlov nizomida belgilab berilgan shartlar asosida  oʻrganib chiqilib, baholandi va qoʻyidagicha gʻoliblar aniqlandi: «Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz» atamasi tanlovi boʻyicha: Yuridika fakulteti 3-kurs talabasi Gapparova Sevara 1-oʻrin, Arxitektura fakulteti 4-kurs talabasi Jumanazarova Rayxan va Yuridika fakulteti 3-kurs talabasi Allambergenov Begzad 2-oʻrin, Qaraqalpaq filologiyasi va jurnalistika  fakulteti 4-kurs talabasi Alimbayeva Aseliya va ushbu fakultet 3-kurs talabasi Ametova Gulnur 3-oʻringa loyiq deb topilib, ijodiy ishlari “Eng yaxshi insholar” dep topildi. Tanlovda gʻolib boʻlgan talabalar rektor tomonidan dilom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi.

   

Foydali havolalar