Ish beriuvchilar bilan uchrashuv

 

Joriy yilning 2-dekabr sanasida Sanoat texnologiyasi fakultetida Yengil sanoat buyumlari konstruksiyasini ishlash va texnologiyasi hamda Texnologik mashina va jihozlar ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha ishlab chiqarish korxonalari raxbarlari bilan uchrashuv boʻlib oʻtti. Uchrashuvni fakultet dekani R.Qurbaniyazov ochib berdi va boshqarib bordi.

 Uchrashuvdan asosiy maqsad Yengil sanoat buyumlari konstrukciyasini ishlash va texnalogiyasi (toʻqimachilik sanoati), Texnologik mashinalar va jihozlar (kimyo sanoati) ta’lim yoʻnalishlari oʻquv rejalarining ishlab chiqarish korhonalariga mosligini, 2022/2023 oʻquv yilida utilayotgan ixtisoslik fanlarining mavzulari zamonaviy ishlab chiqarish uskunalari talablariga mosligini, Yengil sanoat buyumlari konstrukciyasini ishlash va texnalogiyasi (toʻqimachilik sanoati) 2-kursdan e’tiboran korhonalarda amaliyotlarni tizimli oʻtkazishda va ixtisoslik fanlarning amaliy mashgʻulotlarni ishlab chiqarishda oʻtkazishni tashkillashtirishni muhokama qilish hamda Sanaot texnologiyasi kafedrasining professor-oʻqituvchilari tomonidan korhonadagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etishda ilimiy va amaliy birga ishlash boʻyicha fikir almashish va takliflarni oʻrganib chiqishdan iborat.

Uchrashuvda fakultet dekani R.Qurbaniyazov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030 – yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2019-yil 8-oktyabrdagi PF-5847-son Prezident Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyundagi “Oliy ta’lim sohasidagi islohotlar natijadorligi hamda yangi oʻquv yiliga tayyorgarlik jarayonlari toʻgʻrisida” gi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining oʻtkazilgan videoselektor majlisining 34-sonli bayonining ijrosini ta’minlash boʻyicha chora tadbirlar bilan tanishtirib oʻtdi.

 

 

Soʻng kun tartibidagi birinchi masala boʻyicha «Sanoat texnologiyasi» kafedrasi dotsenti, t.f.n. I.Turmanov Yengil sanoat buyumlari konstrukciyasini ishlash va texnalogiyasi (toʻqimachilik sanoati) oʻquv rejalarini ishlab chiqarish korhonalariga mosligin muhokama haqida aytib oʻtdi. Bu boʻyicha «ELITE STARS TEXTILE» M.Ch.J. rahbari M.Odambetov mutaxasislarni dasturchilik va chet tili fanlariga alohida etibor berish kerakligini va oʻquv rejada amalyotlarning koʻpligi talabalarning bilimini yanada ortirishini aytib oʻtdi.

Kun tartibidagi ikkinchi masala boʻyicha «Sanoat texnologiyasi» kafedrasi mudiri, t.f.f.d. A.Mambetsheripova  Texnologik mashinalar va jihozlar (kimyo sanoati) ta’lim yoʻnalishi oʻquv rejalarini ishlab chiqarish korhonalariga mosligi, bu boʻyicha qilinishi kerak boʻlgan vazifalarga toʻxtalib oʻtdi. muxokama haqida aytib oʻtdi Kun tartibidagi uchinchi masala boʻyicha «Sanoat texnologiyasi» kafedrasi dotsenti, t.f.d (Phd) S.Aytimbetov 2022-2023 oʻquv yilida oʻtilayotgan ixtisoslik fanlarining mavzulari zamonaviy ishlab chiqarish uskunalari talablariga mosligini muhokama qilishga chaqirdi. U oʻz soʻzida 60721200 – Yengil sanoat buyumlari konstrukciyasini ishlash va texnologiyasi (toʻqimachilik sanoati) ixtisoslik bitiruvchilarini yetishtirishda sifatli kadrlarni zamonaviy ishlab chiqarish korhonalariga toʻliq javob beradigan mutaxassislarni tayorlash boʻyicha «Kegeyli-Chimboy agroklaster» paxta tazalash zavodi texnik nazorat boʻlim boshligʻi A.Bayimbetov va «Agrosanoat majmosida xizmat koʻrsatish markazi» D.U.K. bosh mutaxasisi B.Sultanovlar amaliy mashgʻulotlarni oʻz korxonalarida oʻtish takliflarini bildirdi va tavsiyalar berildi.

Kun tartibidagi toʻrtinchi masala boʻyicha Yengil sanoat buyumlari konstrukciyasın ishlash va texnalogiyasi (toʻqimachilik sanoati) 2-kursdan boshlab korxonalarda amaliyotlarni tizimli oʻtkazishda va ixtisoslik fanlarning amaliy mashgʻulotlarni ishlab chiqarishda oʻtkazishni tashkillashtirish boʻyicha «Sanoat texnologiyasi» kafedrasi mudiri t.f.f.d (PhD) A.Mabetsheripova bayonot qildi. Bu boʻyicha “Shumanay ecotextil” A.J. korhona raxbari F.Esonov, «Kegeyli-Chimboy agroklaster» paxta tazalash zavodi tex. nazorat boʻlim boshligʻi A.Bayimbetov, «ELITE STARS TEXTILE» M.Ch.J. rahbari M.Odambetov, «Agrosanoat majmuida xizmat koʻrsatish markazi» D.U.K. bosh mutaxasisi B.Sultanov, «Qoʻngʻirot soda zavodi» A.J. mutaxasisi A.Qitaybekovalar amaliyotlarni va ixtisoslik fanlarning amaliy mashgʻulotlarni oʻz korhonalarida oʻtash kerakligini aytib shartnomalar tuzildi.

Kun tartibidagi beshinchi masala boʻyicha Fakultet dekani R.Qurbaniyazov «Sanaot texnologiyasi» kafedrasining proofessor-oʻqituvchilari tomonidan korhonadagi mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etishda ilimiy va amaliy birga ishlashga chaqirdi. Uchrashuv soʻngida Ishlab chiqarish korhonalardan kelgan mehmonlar Sanoat texnologiyasi fakultetida tashkillashtirilgan ilmiy laboratoriyaga tashrif buyurdi. Laboratoriya boʻyicha bir-qancha takliflar berildi va «ELITE STARS TEXTILE» M.Ch.J. korxona rahbari M.Odambetov korhonasi tomonidan laboratoriya uchun iplarni qayta oʻrash mashinasini taqdim etishini aytib oʻtdi.

Foydali havolalar