Dıqqat tanlov

14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan universitet talabalari oʻrtasida #Mening armiyam – mening faxrim! (xeshtegi) ostida tanlov oʻtkaziladi.

Universitet talabalari oʻrtasida #Mening armiyam – mening faxrim! (xeshtegi) ostida tanlov oʻtkaziladi. Tanlov joriy yil 5-12-yanvar kunlari oraligʻida oʻtkaziladi. Tanlovda ishtirok etishni xohlagan talabalar quyidagi yoʻnalishlarda yuqorida koʻrsatilgan muddatda onlayn ishtirok etishlari mumkin.
1. #Mening armiyam – mening faxrim! (xeshtegi) – Har bir ishtirokchi ijodiy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda Vatan himoyachilarini sharaflovchi
– sheʼr,
– qoʻshiqlar,
– tabrik yoʻllab tushirilgan videoroliklar. Videoroliklar hajmi (50 mb) oshmasligi kerak. Jami: 40 ball
2. #Mening armiyam – mening faxrim! (xeshtegi) – Har bir ishtirokchi Vatan himoyachilarining mardliklari, qahromonliklari haqida «Eng yaxshi insho» yozishlari kerak. Insholar quydagi mezonlarda baholanadi:
– mavzuning mazmun-mohiyati toʻlaqonli ochib berilganligi;-10 ball
– ijodiy ishlarning stilistik va grammatik jihatdan toʻgʻri yozilganligi;-10 ball
– ijodiy mavzuni yoritishda mustaqil fikrlarning aniq bildirganligi;-10 ball
– mavzuni yoritishga oʻziga xos ijodkorlik xususiyatlari ifoda etilganligi;-10 ball
Jami 40 ball
#Mening armiyam – mening faxrim! (xeshtegi) – Har bir ishtirokchi Vatan himoyachilarining mardliklarin va qahromonliklari aks ettirilgan plakatlar qabul etiladi. Taqdim etilgan plakatlar qoʻyidagicha baholanadi:
– Mavzuning dolzarbligi va syujeti – 10 ball
– Asarning kompazitsion markazi ustida ishlash -10 ball
– Asarda kompazitsiya usul va vositalaridan unimli foydalanish -10 ball
– Kompazitsiyada rang va yorugʻlikdan foydalanish -10 ball
– Ishning tugallanganligi-10ball
Jami: 50 ball
(tanlovda ikki yoʻnalishda baholanada: mutaxassis fakultet va mutaxassis emas fakultetlar alohida) Videoroliklar 2023-yil 5-yanvardan,12-yanvar kunlari soat 20:00 gacha +998973578209 telegram manzilida kabullanadi .
Tanlovda gʻolib boʻlgan talabalar universitet tomonidan diplom va qimmat baho savgʻolar bilan taqdirlanadi.

Foydali havolalar