
O‘zbekiston Respublikasi IIV Nukus “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyida Qoraqalpoq davlat universitetining Pedagogika va psixologiya kafedrasi hamkorligida “Pedagogik texnologiya va pedagogik kreativlik” mavzusida o‘quv seminar o‘tkazildi.
O‘quv seminarni Qoraqalpoq davlat universitetining Pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Lalaxan Bektursinova olib bordi. Seminar davomida hozirgi paytda jamiyatning maktab oldiga qo‘yayotgan talablari kun sayin ortib bormoqda va bu talablarga to’g’ri yondoshgan holda ularni amalda bajarish o’qituvchining vazifasi ekanligi, pedagogik faoliyat inson mehnatining eng murakkab sohalaridan biri ekanligini hisobga olib, hozirgi jamiyatimizda o’qituvchi eng faol pozitsiyadagi shaxs sifatida zamonaviy bilimlarini egallab borishi, tinimsiz izlanuvchan va fidoiy bo’lishi lozim.

Chunki, u kechiktirib bo’lmas jarayon shaxsni intellektual hamda ma’naviy qashshoqlikdan qutqarib qolishini aytib o‘tdi. Bundan tashqari o’qituvchining kreativligi haqida tushuncha berib o‘tdi.
Kreativ fikrlash ko’nikmasini shakllantirish, amaliy kreativ harakat ko’nikmalarini rivojlantirish, kreativ faoliyat jarayonlarni tashkil etish, kreativ mahsulot (ishlanma) lardan foydalanish kabilar haqida harbiy-akademik litsey fan o‘qituvchilariga berib, bu o‘quv seminar yordamida o‘qituvchilar o‘zlari qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

