Alisher Navoiy ijodida xalqlar do‘stligi va umuminsoniy g‘oyalar talqini

Bashariyatdagi har bir millatda bir yoki bir necha shunday ulug‘ farzandlari bo‘ladiki, ular Alloh ato etgan buyuk g‘ayrat, mislsiz iroda, teran aql-idrok va ezgu axloq-odoblari bilan shu xalq bayroqlari kabi muqaddas timsollarga aylanadilar. Ular andozalarga sig‘maydigan ulug‘ xizmatlari tufayli el tomonidan qadrlanadi. Shunday buyuk siymolardan biri, xalqimizning faxr-iftixori bo‘lgan she’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy hisoblanadi. Navoiy bobomizdan ulkan me’ros qoldi. Bu me’rosni dunyodagi hech bir boylikka qiyoslab bo‘lmaydi. O‘z asarlari va hayot yo‘li orqali bizlarga doim ibrat maktabini o‘tab kelmoqda. Biz yoshlar ham Alisher Navoiy bobomizni doimo e’zozlaymiz, ularning ibratli hayotidan na’muna olamiz. Bugun  9-fevral Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligiga bag‘ishlab, universitetimizda “Alisher Navoiy ijodida xalqlar do‘stligi va umuminsoniy g‘oyalar talqini” nomli adabiy-badiiy kecha o‘tkazildi. Tadbirni universitet yoshlar masalasi va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi  prorektor S.Alauatdinov kirish so‘zi bilan ochib berdi. 

Alisher Navoiyning shaxsi va ijodi – xalqlar do‘stligining timsoli mavzusida Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi kafedrasi mudiri, siyosiy fanlar doktori, dotsent A.Bayriyeva,  Alisher Navoiy lirikasida insoniylik ma’naviy omil sifatida mavzusida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir A.O‘tepbergenov,  Alisher Navoiy va qoraqalpoq adabiyoti  mavzusida Ma’rifat targ‘ibotchilari jamiyati va Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir R.O‘tarbayev,  Turkiy xalqlar adabiyotida Navoiy ijodining o‘rganilishi mavzusida O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi  katta o‘qituvchisi M.Ataniyazovalar ma’ruza qildilar                   
Shundan so‘ng navbat badiiy qismga berildi. Universitetning faol talabalari tomonidan tayyorlangan “Alisher Navoiyning hayot yo‘li” nomli spektakl namoyish etildi. Spektakl davomida talabalarimiz Alisher Navoiy, Husayn Boyqaro, Navoiy va Guli va boshqa rollarni mahorat bilan  ijro etishdi. Shoir ijodidan g‘azallar, tuyuqlar, ruboiylar va qit’alar o‘zbek, qoraqalpoq, turkman, qozoq tillarida mahorat bilan o‘qib berildi. I.Yusupov nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari tomonidan mushoira bo‘lib o‘tdi Navoiy g‘azallari asosida  mumtoz qo‘shiqlar jonli ijroda namoyish etildi. Tadbir so‘ngida ishtirokchilar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi. Bunday tadbirlarning nafaqat mamlakatimiz, balki, butun dunyoda o‘tkazilayotganligi Alisher Navoiy bobomizga bo‘lgan cheksiz hurmat belgisidir. El va xalq g‘ami bilan yashagan Alisher Navoiydek insonlar bashariyat tomonidan hech qachon unutilmaydi.

    

Foydali havolalar