EʼLON

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 yillarda Oʻzbekiston Respublikasining innovatsion rivojlanish strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022 yil 6 iyuldagi PQ-307-son qarorining 1-ilovasi 43-bandiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan “Web of science” xalqaro ilmiy maʼlumotlar bazasidan oliy taʼlim va ilmiy tadqiqot muassasalari erkin foydalanish imkoniyati yaratildi.

Shu munosabat bilan, universitetning barcha professor-oʻqituvchilari, yosh olimlar, doktorantlar, tayanch doktorantlar, mustaqil izlanuvchilar hamda stajyor-tadqiqotchilar ushbu baza orqali oʻzlariga zarur barcha ilmiy manbalar olishi, mazkur bazadagi ilmiy jurnallarda oʻzlarining ilmiy ishlarini nashrdan chiqarishda hamma qoʻlayliklardan erkin foydalanishlari mumkinligini maʼlum qilamiz.

Foydali havolalar