Tong kuychisi deya taʼriflangan atoqli shoira Zulfiya Isroilovaning 108-yilligiga bagʻishlangan ”Sheʼriyat tong yulduzi, nomli tadbir boʻlib oʻtdi. Davr nafasini his qilgan, oʻtkir nigohli, talabchan muharrir oʻzbek shoirasi 1-mart kuni tavallud topgan. Zulfiyaxonim 32 yil mobaynida Saodat jurnalida muharrirlik qilgan. Uning hayotbaxsh sheʼrlari mehr-muhabbat, shodlik, baxt, goʻzal tabiat bilan oʻquvchining koʻnglida uygʻunlik paydo qiladi.
Shu sana mumosabati bilan Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Chet tillar fakulteti tyutori Ayzada Farxadovna boshchiligida 121-122-guruh talabalari bilan birgalikda Axborot resurslar markazida adabiy kecha boʻlib oʻtdi. Tadbirda Chet tillar fakulteti kafedra mudiri D. Berdimuratov fan nomzodlari, tyutorlar va talaba yoshlar ishtirok etdi. Tadbirni ochib bergan D. Berdimuratov iqtidorli, hayotbaxsh, mehnatkash Zulfiya Isroilova haqida ajoyib maʼlumotlarni berib oʻtdi.
Taniqli, yorqin rassom ustasi, mahoratli publistist Zulfiya Isroilova qanchadan-qancha qoʻshiq, afsonalarni mohirona aytib, kuylaganlar. Va bundan tashqari serqirra ijodkor turli xil janrlarda faoliyat koʻrsatgan. 1999-yildan boshlab har yili yurtimizda isteʼdodli qizlarda bir guruhi Zulfiya nomidagi davlat mukofotlari bilan ham taqdirlanmoqda. Bizning universitetimizda ham bunday mukofotlarni qoʻlga kiritmoqda. Bundan tashqari talabalar tadbir uchun tayyorlab kelgan ijodiy ajoyib sahna koʻrinishlari, raqslari bilan mehmonlarga bahoriy kayfiyat ulashdilar.
Sobirova Shohista, Chet tillar fakulteti, Filologiya va tillarni oʻqitish, 121-guruh talabasi
