Bugungi kunda Yangi O‘zbekiston uchun eng katta investitsiya bo‘lgan ta’limni qo‘llab-quvvatlash barcha pedagog xodimlar diqqat markazidadir. Ayniqsa, oliy ta’limda bitiruvchi kurs talabalariga amaliyot jarayonida ustozlik kasbining siru asrorlari, mashaqqatlari va izlanishlari borasida tajriba o‘tkazish juda muhimdir. Chunki, ta’lim taraqqiyotiga – faqat mashaqqatli va jasoratli mehnat orqali erishiladi.
Ayni damda, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti 4-bosqich 401-guruh talabalari QDU qoshidagi 1-sonli akademik litseyga amaliyotga tashrif buyurishgan. Bu yerda ularga shu muassasa o‘qituvchilari Murod Xudoynazarov va Iskandar Qurbonboyevlar ham o‘z tajribalaridan kelib chiqib, maslahatlar berib bormoqda. Shuningdek, Oʻquv boʻlimi metodisti va talabalarga biriktirilgan O‘zbek filologiyasi fakulteti metodistlari f.f.f.d. dots. Nazira Yangiboyeva va f.f.f.d (PhD) Davron Abdullayevlar amaliyotchi-talabalar bilan har kuni hujjatlar bilan ishlash texnikasi, dars jarayonida e’tibortalab masalalar, o‘quvchilar bilan ishlashish, muomala madaniyati, amalga oshiriladigan ishlar boʻyicha tavsiyalar berib bormoqdalar. Talabalarning dars o‘tish mahorati, ochiq darslarini kuzatib, yo‘l qo‘yilgan yutuq va kamchiliklari borasida tahlil qilib bormoqda.
Bugun ular amaliyotchi-talabalar bilan “Amaliyotning ahamiyati” mavzusida davra suhbati o‘tkazishdi. Ular o‘z so‘zlarida Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning “Ta’lim sifatini oshirish – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining yakkayu yagona to‘g‘ri yo‘lidir! Najot-ta’limda, najot-tarbiyada, najot-bilimda. Chunki, barcha ezgu maqsadlarga bilim va tarbiya tufayli erishiladi,” degan purma’no fikrlarini har bir amaliyotchi-talabalar o‘zlariga shior qilib olishlarini ta’kidladilar.
Eng asosiysi, bugungi kunda har qanday jarayonda ham ta’lim sifatini yanada oshirish har bir bo‘lajak o‘qituvchining asosiy burchi ekanligini unutmasligimiz kerak. Shu sohada faoliyat olib borar ekanmiz, sifatni oshirish bo‘yicha ular qo‘ygan masalalarni birgalikda hal qilishimiz kerakligi qayta-qayta uqtirildi.
