Bohor ayyomi kirib kelishi munosabati bilan mamlakatimizda obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish va manzarali, mevali ko’chatlarni oʻtkazish hamda xalqimiz orasida mehr-oqibat va oʻzaro hamjihatlik muhitini yanada mustahkamlash maqsadida, yurtimiz boʻylab umumxalq xayriya hashari oʻtkazildi. Mana shunday ezgu ishlarning biri Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining Biologiya fakultetida hamjihatlik bilan boʻlib oʻtdi. Ushbu hasharga fakultetning professor-oʻqituvchilari, texnik hodimlar va talaba yoshlari uyushqoqlik va faollik bilan qatnashib, fakultet hududida obodonlashtirish, koʻkalamzorlashtirish ishlari olib borildi. Mavjud daraxtlar oqlanib, fakultet atrofini yanada obod qilish maqsadida bir neshta manzarali daraxt va gul koʻchatlari oʻtqazildi. Bu kabi xayrli tadbirlar biz insonlarning faravonligimiz va atrof-muhitni toza saqlash maqsadida olib borilayotgan ekan, shubhasiz, savobga yoʻg’irilgan bunday sa’y-harakatlar bardavomligi bilan e’tiborlidir. Natijada, ozod Vatanimiz yanada obod boʻlib, gullab-yashnayveradi.
