MALAKAVIY BITIRUV OLDI AMALIYOTI BOSHLANDI

Oʻzbekiston Respublikasining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablari asosida kadrlarni tayyorlash – oliy maʼlumotli mutaxassis kadrlarni har tomonlama yetuk, bilimdon qilib tayyorlashni nazarda tutmoqda. Ayniqsa soʻnggi yillardagi ta’lim sohasiga tegishli tub oʻzgarishlar ma’suliyat va burchini chuqur his qiladigan hamda oʻz kasbini sevib ardoqlaydigan kadrlarni tayyorlashni talab etmoqda.
Jamiyat va davlat taraqqiyotining hozirgi holatidan kelib chiqib shuni taʼkidlash joizki, mutaxassis kadrlarni tayyorlashda nazariyaning bevosita amaliyot bilan bogʻliq holda olib borish bitiruvchilarga yeng zamonaviy texnika va texnologiyalarning sir asrorlarini mukammal oʻrganishlarida, yuksak aql-zakovat egasi boʻlishga, intellektual salohiyatlarini yanada oshirishga katta yordam bermoqda.Yuqoridagilar hamda “Oliy taʼlim” sohasining davlat taʼlim standarti talablariga muvofiq, “Kime texnologiya” fakulteti, 5320400 —Kimyoviy texnologiya (noorganik moddalar kimyoviy texnologiyasi buyicha) bakalavriat yunalishi 4-kurs talabalari shartnoma asosida “Qongʻrot soda zavodi” MCHJ, “Navoiyazot” MCHJ xamda “Qaraqalpok sement” MCHJ zavodlariga malakaviy bitiruv oldi amaliyotni tashkil yetish toʻgʻrisidagi KMU rektorining №341.3/5 -sonli buyruqnomasi qabul qilindi.
Mazkur buyruqnomaga asosan, “Kimyoviy texnologiya” kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan 4-kurs talabalarining grafik asosida amaliyot oʻtash oʻz vaqtida boshlandi. Jumladan “Qongʻrot soda zavodi” ga 19 ta, “Qaraqalpok sement” ga 10 ta xamda “Navoiyazot” zavodiga 8 ta talabalar qatnashishyapdi. Talabalarni jalb etishda kafedraning tajribali oʻqituvchilari M.Ayimbetov, A.Sadikova va M.Jabbarbergenovlar faol ishtirok etishmoqda.

Foydali havolalar