Filologiya va tillarni o‘qitish: o‘zbek tili ta’lim yo‘nalishi 401-guruhning 11 nafar talabalari 6-fevral sanasidan boshlab Qoraqalpoq davlat universiteti akademik litseyida malakaviy amaliyotni o‘tashmoqda. Bugun O‘zbekiston xalq shoiri, yurtimizning bulbulzabon ijodkori Muhammad Yusuf tavalludining 69 yilligiga bag‘ishlab Akademik litsey o‘quvchilari bilan birgalikda “Qalblarda qo‘shiq bo‘lib yashagan shoir” nomli tadbir o‘tkazishdi. Tadbirni tashkillashtirishda Qoraqalpoq davlat universiteti metodist o‘qituvchilari f.f.f.d (PhD) Nazira Yangiboyeva va f.f.f.d (PhD) Davron Abdullayev, shuningdek Qoraqalpoq davlat universiteti akademik litseyi o‘qituvchisi Iskandar Qurbonboyev ustozlarimiz beminnat yordam berishdi. Tadbirda shoir hayoti va ijodi batafsil yoritilgan she’r-u qo‘shiqlar , qiziqarli ma‘lumotlar o‘quvchilar tomonidan ijro etildi. Turli raqslar va ta’sirli sahna ko‘rinishi tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi. Tadbir juda ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi. Tadbir so‘ngida faol ishtirokchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.
