
Joriy yilning 18-may kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti, Biologiya fakulʼtetida Umumiy biologiya va fiziologiya kafedrasi dotsenti, biologiya fanlarining nomzodi Koshanova Roza Yerejepovnaning 70 yillik yubileyiga bagʻishlangan “Janubiy Orol boʻyida entomologik tadqiqotlarning dolzarb muammolari” atamasida ilmiy seminar boʻlib oʻtdi. Seminarga chet ellik olimlar ham qatnashdi. Seminarga Rossiya, Qozogʻiston, shuning-dek Respublikadagi ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlari va Oliy oʻquv yurtlari professor-oʻqituvchilari oʻz bayonotlari bilan ishtirok qilishdi. Seminarni oʻtkazishning asosiy maqsadi: Oʻzbekiston Respublikasi va qoʻshni davlatlarda olib borilayotgan entomologik izlanishlar natijalari, hududlardagi ekologik muammolarning yechimiga qaratilgan ilmiy -amaliy fikr va takliflarni ishlab chiqishdan iborat. Seminarda Rossiya Fanlar Akademiyasi geografiya instituti katta ilmiy xodimlari Sobolev Nikolay Andreyevich, Lyudmila Borisovna Volkova va Urgench davlat universiteti professori Masharipova Sultonposhsha Matrasulovna ilmiy bayonotlari bilan ishtirok qilishdi.Majlis yakunida seminar ishtrokchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldi hamda oʻz fikrlarini va tilaklarini bildirdi.
Sulayman Seytnazarov
Qoraqalpoq davlat universiteti,
Umumiy biologiya va fiziologiya kafedrasi
dotsenti, biologiya fanlari nomzodi