Men she’riyat shaydosiman

O‘zbek  filologiyasi fakulteti dekani M.Kurbaniyazov va  tyutorlar tomonidan talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, talabalar o‘rtasida sog‘lom muhitni  shakllantirish millatlararo totuvlikni mustahkamlash maqsadida ochiq osmon  ostida “Men she’riyat shaydosiman” mavzusida badiiy kecha tashkil etildi. Kechada o‘zbek, turkman, qozoq tili  ta’lim yo‘nalishlari talabalari tomonidan bir qancha go‘zal va nafis she’rlar ifodali o‘qildi.

She’r inson qalbini poklaydi, ezgu ishlarga mubtalo qiladi. Shoira Zulfiya aytganidek, “She’r – tuyg‘ular, hayotdan olingan taassurot va tafakkurlar mevasi!.. She’r – tuyg‘ular farzandi. Chuqur fikrlar, yoniq, samimiy hislar farzandidir”. Qalb ko‘zi ochiq insonlarda esa tuyg‘ular mo‘l bo‘ladi. Insonning yuragi ham bir olam. Uning ham bahor va kuzlari, tong va tunlari, orom va zilzilalari bor. Sheʼriyat yurak sadosi bo‘lganidan ana shu murakkab tuyg‘ular olamini ifoda qiladi. Shuning uchun ham bir sheʼrni o‘qib quvonsak, ko‘ksimiz surur va iftixor tuyg‘ulariga to‘lsa, ikkinchi bir sheʼrni o‘qib xayolga tushamiz, inson dardlariga oshno bo‘lamiz. Ochiq osmon ostidagi tadbir juda ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.

 

 

Foydali havolalar