O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2022-yil 29-iyul kuni “Astrum” IT-akademiyasida “ochiq muloqot” tarzida o‘tkazilgan 63-son yig‘ilish bayonining 3.3-bandida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida masofaviy ta’lim tizimini kengaytirish maqsadida xalqaro “Coursera” platformasining onlayn kurslarini uzbekcoders.uz platformasida yo‘lga qo‘yib, 2026-yilga qadar ushbu platformada 14 ming nafar yoshlarni o‘qitishni ta’minlash vazifasi belgilangan.
Hozirgi kunda, “Bir million o‘zbek dasturchi” loyihasining mantiqiy keyingi bosqichi doirasida “Coursera” platformasining onlayn kurslari https://uzbekcoders.uz platformasida yo‘lga qo‘yilgan (kurslar bo’yicha batafsil ma’lumotlar https://uzbekcoders.uz platformasidan olish mumkin). Coursera sertifikatlari butun dunyoda tan olingan bo‘lib, yoshlarga yuqori oylik to‘lanadigan ishga joylashishlariga hamda qo‘shimcha daromad topishlariga imkoniyat yaratadi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro IT-sertifikatlarga ega yosh mutaxassislarni qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 19-maydagi 310-son qarori bilan yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarini olish xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismini qoplab berish tartibi joriy etilgan.
Loyihalar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot olish uchun:“Coursera” loyihasi bo‘yicha mas’ul – IT-Park Ta’lim loyihalari bo‘limi boshlig‘i Shaxzod Narzullayev, tel.: (99) 990 94 49, (71) 209-11-99;
Yoshlarning xalqaro IT-sertifikatlarini olish xarajatlarining 50 foizgacha bo‘lgan qismini qoplab berish tartibi bo‘yicha mas’ul – IT-Park Xalqaro IT-sertifikatlar bo‘limi boshlig‘i Mirabbos Anvarov, tel.: (97) 764-08-01, (71) 209-11-99.
Shu bilan bir qatorda, “Xalqaro IT-sertifikatlar uchun o‘qishi va (yoki) xalqaro IT-sertifikatlar olish xarajatlarining qoplanishi lozim bo‘lgan miqdorlarni belgilash mezoni” hamda “Xalqaro IT-sertifikatlar ro‘yxati” tasdiqlangan (ro‘yxat ilova qilinadi).