QDUda Fransiya davlatining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Oreliya Bushez bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

 

Joriy yilning 24-may kuni Fransiyanıng O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Oreliya Bushez Qoraqalpog‘iston Respublikasiga safari davomida, Qoraqalpoq davlat universitetida bo‘ldi. Dastlab, mehmonlarni universitet rektori A.Reymov kutib olib, universitetimizning o‘quv jarayoni va yangidan barpo etilayotgan 1800 o‘ringa mo‘ljallangan o‘quv laboratoriyasining maketi, u yerda talabalar uchun yaratiladigan qulayliklar bilan tanishtirib o‘tdi.

Shundan so‘ng, mehmonlar bilan bir stol atrofida suhbatlashib, universitetimizda yaqin kelajakda talabalar o‘rtasida fransuz tilini o‘rgatishni kengaytirish maqsadida, til o‘rgatish markazini tashkil qilish va Fransiyaning xalqaro reytinglarga kirgan oliy ta’lim muassasalari bilan ta’lim yo‘nalishlari, turli mutaxassisliklar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, shuningdek, talabalarning akademik almashinuvi, shu bilan birga professor-o‘qituvchilarning tajriba almashishini yo‘lga qo‘yish fransuz tilini o‘rganayotgan talaba-yoshlarning yozgi amaliyotini Fransiya davlatidagi oliy ta’lim muassasalarida olib borilishini tashkil etish masalalari yuzasidan o‘zaro kelishuvlarga erishildi.

Suhbat davomida, hozirda xalqaro global muammoga aylangan Orol dengizining qurishi oqibatida yuzaga kelgan ekologik muammolarning oldini olish, ularning salbiy oqibatlarini bartaraf etish masalalari bo‘yicha hamkorlik loyihalari ustida     ilmiy-tadqiqotlar olib borish maqsadida, Fransiyaning ushbu sohadagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari, davlat va nodavlat tashkilotlar bilan istiqbolda hamkorlikda ilmiy-tadqiqot ishlarini yo‘lga qo‘yish  yuzasidan hamkorlik qilish takliflari bildirildi. Uchrashuv davomida universitetimizning Chet tillar fakultetida talaba yoshlar uchun tashkil qilingan Amerika, Britaniya, Koreys tili kabi oquv markazlarining ish faoliyati bilan yaqindan tanishib, talaba yoshlar bilan fikr almashdilar. 

QDU matbuot xizmati

 

Foydali havolalar