
Korrupsiya bu – mansab mavqeidan shaxsiy maqsadlarda foydalanish bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyat turi hisoblanadi. Darhaqiqat, jinoyatni jazolashdan ko‘ra, uni oldini olish singari profilaktik tadbirlarning yo‘lga qo‘yilishi qay darajada oqilonaligi allaqachon isbotlangan. Shu maqsadda O‘zbek filologiyasi fakultetida “Korrupsiya-taraqqiyot kushandasi” mavzusida uchrashuv tashkil etildi. Tadbirni O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani M.Kurbaniyazov boshqarib bordi.
Yuridika fakulteti talabasi, Korrupsiyaga qarshi kurashish klubi sardori A.Usmonov talabalar dunyoqarashini munosib ravishda shakllantirish, ularning huquqiy madaniyatini oshirib borish qanchalik muhim ekanligini alohida taʼkidladi. Buning uchun eng avvalo Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida” gi qonunini teran nigoh bilan oʻqib-oʻrganishni tavsiya etdi. Aytish joizki, korrupsiyaga qarshi kurash borasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish, poraxoʻrlik, tamagirlik kabi huquqbuzarliklarni aniqlash va ularga chek qoʻyish, bunday jinoyatlarga qarshi jazo muqarrarligini har bir shaxs bilishi zarur. Korrupsiya balosining naqadar mudhish illat ekanini tushungan, uni ongli ravishda idrok etgan odam bu jinoyatga qoʻl urmaydi. Yurt rivoji uchun har bir yosh avlod mas’ul ekanligini tushuntirdi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad jamoada tartib-intizomni mustahkamlash, qonun buzilish holatlarini oldini olish, huquqiy ong va madaniyatini oshirishdan iborat. Ucharshuvda tyutorlar va talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘liq javob olishdi.
