Uch avlod uchrashuvi

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan jadal islohotlar zamirida xalq farovonligi, yurt taraqqiyoti, yoshlarning porloq kelajagini ta’minlash kabi ezgu maqsadlar mujassam. Talabalar bahor festivali munosabati bilan yoshlar ma’naviyatini mustahkamlash maqsadida Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti O‘zbek filologiyasi fakultetida ta’lim berayotgan professor-o‘qituvchilar tarkibidan tashkil topgan “Uch avlod uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi. Tadbirni O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani M.Kurbaniyazov boshqarib bordi. Uchrashuvda ustoz-shogird maktabining ahamiyati, sohada fidoyilik koʻrsatgan ustozlar bilan yoshlar uchrashib, oʻzlari uchun kerakli maʼlumotlarga ega boʻldilar. Ta’lim jarayonida nimalarga eʼtibor berish kerakligi, ayniqsa ajdodlarga munosib avlod boʻlish, yurtimiz taraqqiyotiga daxldorlik hissi bilan yashash har birimizning, ayniqsa, yoshlarning muqaddas burchi ekanligi professor-o‘qituvchilar tomonidan ta’kidlab o‘tildi. Har bir aytilayotgan fikrlar, o‘tgan davrlarning qiyinchiliklari, kutubxonalarda adabiyotlarning yetishmasligi, ilm olish maqsadida  bir kitobni qirq-ellikta talaba talashib-tortishib o‘qiganliklari, hozirgi kun imkoniyatlari ta’lim olish uchun adabiyotlar yetarli va elektron kulubxonalarning ham tashkil etilganligi aytib o‘tildi. Bunday imkoniyatlarning yaratilganligiga talabalar ham o‘z navbatida  shukronalik qilishini va bulardan oqilona foydalanishi, yurt ravnaqi uchun o‘z hissalarini qo‘shishga va’da berdilar. Tarix, bugun va kelajakni oʻzida mujassam etgan bunday maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar el-yurtimiz hayotida goʻzal anʼanaga aylanmoqda.

 

 

 

 

 

 

 

Foydali havolalar