Maxtumquli ijodiga bag‘ishlangan Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman

O‘zbek va turkman xalqlari azal-azaldan qo‘shnichilik munosabatida bo‘lib, hozirgi vaqtda O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida savdo-iqtisodiy, tranzit, ilmiy-texnikaviy aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha hamkorlik qilmoqda. Ikki davlat rahbarlarining o‘zaro amaliy hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan muhim qaror va hujjatlarning qabul qilinishi O‘zbekiston va Turkmaniston davlatlar taraqqiyotining buguni, kelajagi uchun o‘zaro manfaatli va ko‘p qirrali hamkorlik yanada rivojlantirilib, mamlakatlarning do‘stlik munosabatlari negizida millatlararo totuvlik, tinchlik, birodarlik, o‘zaro ishonch va do‘stona hamkorlik aloqalari tobora avj olib, mustahkamlanib bormoqda.  Shuningdek, hozirgi vaqtda ikki xalq madaniyati va adabiyot vakillarining ijodiga bag‘ishlangan  adabiy kecha, forum va ilmiy-amaliy anjumanlarining o‘tkazilishi o‘zbek-turkman xalqlarining madaniyatini va adabiyotini yanada mustahkamlaydi. Shuning uchun do‘stlik tuyg‘usi adabiyotdan boshlanadi desak, xatolashmagan bo‘lamiz. Bunga misol tariqasida aytib o‘tish joizki, joriy yilning 26-iyun kuni Turkmanistonning Ashxabod shahrida Turkmaniston Fanlar Akademiyasi Maxtumquli  nomidagi til, adabiyot va milliy qo‘lyozmalar instituti tomonidan «Barqaror davlatning yangi davri va Maxtumquli Firog‘iy» mavzusida onlayn tarzida Xalqaro ilmiy anjuman bo‘lib o‘tdi. Bunga dunyo mamlakatlaridan mehmonlar ham qatnashdi. Shu jumladan bizning Qoraqalpoq davlat universiteti «Turkman tili va adabiyoti» kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Ogulbay Gayliyeva ham «O‘zbek-turkman adabiy aloqarida Maxtumquli ijodining o‘rni» mavzusidagi ma’ruzasi bilan onlayn tarzida qatnashib,  O‘zbekiston va Turkmaniston davlatlarning o‘zaro yaqin qo‘shnichilik munosabatlarini yo‘lga qo‘yganligi bilan ajralib turganligi, O‘zbekiston va Turkmaniston davlat rahbarlarining rasmiy uchrashuvlari ikki davlatning madaniy, iqdisodiy-siyosiy, gumanitar sohasidagi sheriklik, ikki davlat taraqqiyot bunyodini bundan buyon ham rivojlantirishdan to‘xtamaslik kerakligi, yurtimizda o‘zbek-turkman do‘stlik munosabatlarining huquqiy poydevori ikki davlat rahbarlari kelishuvi bilan tuzilib, ikki taraflama siyosiy maslahatlar olib borilayotganligini alohida ta’kidlab, o‘zbek-turkman xalqlarining madaniyati va adabiyotining mushtarak jihatlari, shuningdek, ikki xalq adabiy aloqalarida Maxtumquli ijodining o‘rni, O‘zbekistonda shoir ijodining o‘rganilishi, asarlarining o‘zbek, qoraqalpoq tillariga badiiy tarjima qilinishi, Maxtumquli asarlarining nafaqat turkman xalqi, balki umum odamzot masalalariga bag‘ishlangan ma’no-mazmunga ega bo‘lgan asarlari bani bashar uchun ma’naviy oziq bo‘lishi haqida gapirdi. Shuningdek, ilmiy anjuman qatnashchilariga Qoraqalpoq davlat universitetida Turkman tili va adabiyoti kafedrasi mavjudligi va bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalariga Maxtumqulishnoslik maxsus fanining o‘tilishi, 2023-yilda 17-may kuni universitetimizda buyuk turkman shoiri Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligiga bag‘ishlangan ilmiy-amaliy anjumanning o‘tkazilganligi haqida ma’lumotlar berdi.

 

S.Jepbarova

Turkman tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti

filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori,

 

Foydali havolalar