Kasbiy (ijodiy ) imtihonlar oʻtkaziladigan joylar va yaratilgan shart-sharoitlar koʻzdan kechirildi

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti tomonidan 2023/2024 oʻquv yili uchun joriy yilning 24-28-iyul kunlari oraligʻida kasbiy (ijodiy ) imtihonlarini oʻtkazish boʻyicha reja tasdiqlandi. Shunga asosan bugun bakalavriatning alohida iqtidor talab etiladigan ta’lim yoʻnalishlariga oʻtkazilishi rejalashtirilgan kasbiy (ijodiy ) imtihonlariga tayyorgarlik jarayonlari oʻrganildi.

 

U yerda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziriligidan kelgan vakillar R. Xudayberganov, Sh. Raxmonov, universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boʻyicha prorektorı S. Alawatdinov, Moliya va iqtisodiyot ishlari boʻyicha prorektor A.Qudaybergenov va qabul komissiyasining mas’ul kotibi N. Embergenovlar birgaligda ijodiy imtihonlar boʻlib oʻtadigan joylar koʻzdan kechirildi.

 

Dastlab universitetning asosiy binosida joylashgan jarnalistika, amaliy san’at ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha ijodiy imtihonlar oʻtkaziladigan oʻrinlar bilan tanishib, ushbu joyda abituriyentlar uchun yaratilgan qulayliklar, imtihon oʻtkaziladigan joylarning kameralar bilan ta’minlanganligi hamda abituriyent ota-onalari uchun kutish joylari va imtihon jarayonini onlayn tarzida kuzatib borishi koʻzdan kechirildi.

 

Foydali havolalar