
Xabaringiz bor, 2023/2024 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha Davlat test imtihonlari joriy yilning 1-avgust sanasidan 13-avgust sanasiga qadar o‘tkazilishi belgilangan. Shu asosda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetining sport saroyi hamda sport zalida test imtihonlarining ikkinchi kuni davom etmoqda.
Test sınovlari o‘tkaziladigan ob’ektlar atrofida ota-onalar uchun barcha qulayliklar, shuningdek, test sinovlari bo‘lib o‘tadigan joylarda adolat va oshkoralikni ta’minlashga katta e’tibor qaratilgan. Mazkur imtihon jarayonlari va ota-onalar bilan suhbatlashish maqsadida bugun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligidan tashrif buyurgan vakil R.Xudayberganov Qoraqalpoq davlat universitetida bo‘ldi hamda bu erda ota-onalar bilan suhbatlashib, barcha abiturientlarga omad tiladi.
Shundan so‘ng, test sinovlari o‘tkaziladigan o‘rinlarda universitet rahbariyati boshchiligida professor-o‘qituvchilar, ishchi guruh a’zolari hamda volontyorlar tomonidan abiturientlarning ota-onalari taklif-tavsiyalarini, muammolarini, shuningdek, ijtimoiy kayfiyatini o‘rganish maqsadida so‘rovnomalar o‘tkazildi.
QDU Matbuot xizmati




