Denov tadbirkorlik va pedogogika institutining 2023 yil 6 sentyabrdagi 01-1338-sonli xatiga binoan institut tomonidan joriy yilning 29-30 sentyabr kunlari “Oʻqituvchi talaba kreativ faoliyatini rivojlantirish kontekstida innovatsion ta’lim texnologiyalaridan fanlararo sinxron-asinxron foydalanish” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman oʻtkazilishi rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan mazkur ilmiy-amaliy anjumanda universitet professor-oʻqituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etishlari mumkin.