Ilmiy-texnik axborot markazi xodimlari universitet laboratoriyalaridagi shart-sharoitlar bilan tanishdi  

Bugun 10-oktyabr kuni Ilmiy-texnik axborot markazi xodimlari Nurillo Narzullaev va Mahmud Salohiddinov Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetida bo‘lib, mavjud laboratoriyalar va ulardagi ish faoliyati bilan tanishdi. Tanishuv davomida universitet laboratoriyalari mas’ul xodimlari bilan muloqotda bo‘lib, laboratoriyalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Markaz xodimlari Innovatsion rivojlanish agentligi huzuridagi Ilmiy-texnik axborot markazi tomonidan «O‘zbekistonda mavjud ilmiy-texnik va tadqiqot laboratoriyalarning yagona elektron bazasi», «Milliy ilmiy portal» va «Ilmiy-texnik axborot tizimi» kabi elektron platformalar ishlab chiqilganligi, xususan, ilmiy-texnik va tadqiqot laboratoriyalarning yagona elektron bazasi (slab.gov.uz) ko‘p funktsiyali elektron platforma bo‘lib, ushbu platforma dolzarb ilmiy yangiliklar, statistik manbalar, barcha ilmiy-tadqiqot institutlari va tashkilotlar, olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari, laboratoriya ishlanmalari, qurilma va uskunalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasidan ham erkin foydalanish imkoniyatini berishi haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

 

Foydali havolalar