
O‘zbek filologiyasi fakultetida 2023 yil 30 oktyabr kuni “Xotin qizlar o‘rtasida jinoyatchilikka qarshi kurash,biz zo‘ravonlikka qarshimiz” atamasida talaba qizlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvni fakultet dekani M.Qurbaniyazov olib bordi .Uchrashuvga Nukus shahri IIO JMB XKMB katta inspektori podpolkovnik A. Namenova ham universitet psixologi G.Reymbaeva fakultet xotin qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslaxatchisi D.Aminov va tyutorlar qatnashdi.
Uchrashuv davomida qizlarimiz soha vakillaridan ayol-qizlarimizning turmushida uchrab turuvchi zo‘ravonlik, jinoyatchilik masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari bilan yaqindan tanishdilar. O‘zbekiston Respublikasi “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida“ qonunining maqsadi xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat ekanligi talabalarga tushintirib o‘tildi. Universitet psixologi G.Reymbaeva xotin- qizlarning jamiyatda o‘z o‘rnini munosib egallash uchun psixolog maslahatlari zarur ekanligini takidlab o‘tdi.Tadbir davomida talaba qizlar bergan savollariga munosib javoblar olishdi.

