“Bayroq – hurlik timsoli, ezgulik , tinchlik ramzi”

Oʻzbekiston Respublikasi qonun bilan tasdiqlangan oʻz davlat ramzlari — bayrogʻi, gerbi va madhiyasiga ega. Boisi, davlat ramzlari har bir xalqning mustaqilligi, ozodligi, tinchligi va barqarorligi timsoli hisoblanadi. Lekin dunyoda bironta ramz yoki timsol davlatni, millatni jahonga Davlat bayrogʻidek tanita olmaydi.

   Bayroq – bizni ulugʻ maqsadlar tomon boshlovchi buyuk mashʼaladir. U oʻzida butun Oʻzbekiston xalqining asriy orzu-istaklari, gʻayrati va shijoatini, xalqimizga xos mehmondoʻstlikni mujassam etgan. Qadim-qadimdan har bir xalq uchun mustaqillik, hurlik, tinchlik va barqarorlik timsoli boʻlib kelgan.

  Shu munosabat bilan Oʻzbek filologiyasi fakultetida davlatimiz bayrogʻining qabul qilinganligiga 32 yil toʻlishi munosabati bilan «Zakovat» intellektual o‘yini va “Eng yaxshi videorolik”lar tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tadbir juda ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi. Tadbir so‘ngida O‘zbek filologiyasi fakulteti dekani M.Kurbaniyazov bayram bilan tabriklab, g‘olib talabalarni taqdirladi.

 

 

Foydali havolalar