
Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokuraturasi aholining huquqiy savodxonligini oshirish hamda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, kundalik hayotdagi keng tarqalgan muammolarni o‘rganish bo‘yicha 2023-yil sentabr-dekabr oylariga mo‘ljallangan manzilli targ‘ibot yuzasidan idoralararo hamkorlik dasturining ijrosini ta’minlash maqsadida shu yilning 22-noyabr kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Geografiya va tabiiy resurslar fakultetida seminar tashkil etildi. Ushbu seminarga Orol tabiatni muhofaza qilish prokurorining yordamchisi lavozimida ish o‘rganuvchi A.Aytmutov va tergovchisi lavozimida ish o‘rganuvchi S.Muxanovlar ishtirok etishdi. Seminarni fakultet dekani N.Embergenov kirish so‘zi bilan ochib berdi va raislik qildi. Shundan so‘ng A.Aytmutov so‘zga chiqib, aholining huquqiy savodxonligini oshirish hamda huquqiy madaniyatni yuksaltirish, kundalik hayotdagi keng tarqalgan muammolarni o‘rganish bo‘yicha 2023-yil sentabr-dekabr oylariga mo‘ljallangan manzilli targ‘ibot yuzasidan idoralararo hamkorlik dasturining mazumnini talaba yoshlarga tushintirib o‘tdi va mazkur targ‘ibot dasturining 23-24-bandlaridagi O‘zbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi Konstitutsiyasining yoshlarga oid huquqlarini ta’lim muassasalarida yoshlarga yetkazish va Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida ekologik havfsizlikni ta’minlash ishlari hamda O‘zbekiston Respublikasi yangi tahrirdagi Konstitutsiyasining IX bobidagi, fuqarolarning iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ekologik huquqlari, oila, bolalar va yoshlarning huquqlariga bag‘ishlangan XIV bobidagi yangiliklar yuzasidan tayyorlab kelingan taqdimot bo‘yicha talaba yoshlarga keng qamrovli tushuntirish ishlarini olib bordi.
Keyin, Orol tabiatni muhofaza qilish prokuraturasi tergovchisi lavozimida ish o‘rganuvchi S.Muxanov so‘zga chiqib Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida ekologik xavfsizlikni ta’minlash, ekologik vaziyatni yaxshilash, ayniqsa daraxtlar muhofazasini samarali tashkil qilish hamda sohada sodir etilayotgan huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va sohada sodir etilayotgan jinoyatlarning oldini olish masalasi bo‘yicha gapirib o‘tdi. Shuningdek, Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti dekani N.Embergenov tomonidan qo‘shimcha tarzda o‘zining hayotiy tajribasini, ekologiya sohasidagi bir qator muammoli masalalarda hamma hamjixatlik va tirishqoqlik bilan mehnat qiladigan bo‘lsalar jamiyatimizdagi ekologik holatni yanada yaxshilashga qodir ekanliklarini talaba yoshlarga tushintirdi. Bundan keyin ochiq davra suhbati boshlanib talaba yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblarni oldilar.
Geografiya va tabiiy resurslar fakulteti dekani N.Embergenov
