
Universitet Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish hamda Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish bo‘limlari xodimlari tomonidan vazirlikning 2023-yil 9-avgustdagi “Talaba va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish tadbirlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi №351-son buyrug‘i ilovasining 4.5-bandi bilan belgilangan “Top 10 Innovator reytingi g‘oliblarini e’lon qilish” mazmunidagi topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida 2023-yilning oktyabr oyi davomida universitet talabalarining qurilish, texnika, elektr energetikasi, qishloq xo‘jaligi, informatsion texnologiyalar, turizm va boshqa sohalarga oid innovatsion g‘oyalarga asoslangan startap loyihalari bo‘yicha qabul qilingan talabalar hujjatlari qabul qilindi Topshirilgan loyiha hujjatlari 2023-yilning noyabr oyida “Top 10 Innovator” tanlovi komissiyasi a’zolari tomonidan ko‘rib chiqilib, eng yaxshi loyihalar mualliflari aniqlandi. Unga ko‘ra quyidagi talabalar o‘z loyihalari bilan “Top 10 Innovator” tanlovi g‘oliblari deb topildi:
- Kogambaev Asadbek Janibek o‘g‘li – QQDU, Matematika fakulteti 4-bosqich talabasi. Loyiha nomi: “Raqamli tipografiya – Masterprint”;
- Duysenbaev Aydos Farxad o‘g‘li – QQDU, Matematika fakulteti 3-bosqich talabasi. Loyiha nomi: “Elektron qo‘ng‘iroq”;
- Piyshenbaev Qarjawbay Baxitbay o‘g‘li – QQDU, Arxitektura fakulteti 4-bosqich talabasi. Loyiha nomi: “G‘ovakli beton mahsulotlarini ishlab chiqarish usuli”;
- Tadjimov Akmal Bobirovich – QQDU, Biologiya fakulteti 3-bosqich talabasi. Loyiha nomi: “Vermikompostlashni avtomatlashtirish”;
- Baltabaev Nawrizbay Artiqbay o‘g‘li – QQDU, Matematika fakulteti 4-bosqich talabasi. Loyiha nomi: “Kvartira bor” online platformasi;
- Baymuratov Amir Dawletbay o‘g‘li – QQDU, Matematika fakulteti 4-bosqich talabasi. Loyiha nomi: “Smart mirror” online platformasi;
- Qalandarov Bovurjon Baxtiyor o‘g‘li – QQDU, Qurilish fakulteti 3-bosqich talabasi. Loyiha nomi: “Bcon.uz-building contruction” online platformasi;
- Orazimbetov Baburbek Ramatulla o‘g‘li – QQDU, Matematika fakulteti 4-bosqich talabasi. Loyiha nomi: “Smart ventilyatsiya”;
- Qaljanova Nargiza Shukurullaevna – QQDU, Sanoat texnologiyasi fakulteti 3-bosqich talabasi. Loyiha nomi: “Fittex uskunasida bint ishlab chiqarish texnologiyasi”;
- Jalmenov Danabay Quatbay o‘g‘li – QQDU, Matematika fakulteti 4-bosqich talabasi. Loyiha nomi: “SmartEko – avtomatlashtirilgan chiqindi qutisi”.