SANOAT TЕXNOLOGIYASI FAKULTЕTI TALABALARI ISHLAB CHIQARISH AMALIYOTIDA

Xabaringiz bor O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Neft va gaz sohasida ta’lim-ishlab chiqarish klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” 2022-yil 7-iyuldagi PQ–309-son qarorida belgilangan vazifalarga asoslangan holda, Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti va Buxoro neftni qayta ishlash zavodi MCHJ o‘rtasida talabalarning amaliyotini tashkil etish yuzasidan hamkorlik shartnomasi imzolangan edi.

Ushbu shartnoma asosida  2023-2024- o‘quv yilida Neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi bakalavr ta’lim yo‘nalishinining 4-bosqich talabalariga o‘quv rejaga muofiq  Buxoro neftni qayta ishlash zavodi MCHJ da ishlab chiqarish amaliyoti tashkil etildi.

Amaliyot davrida talaba yoshlar o‘qish jarayonida olgan nazariy bilimlarini  amalda sinash va mahsulot ishlab chiqarishning texnologik jarayonlari bilan amalda tanishish imkoniyatlariga  ega bo‘lmoqdalar, amaliyot davrida talaba yoshlarga fakultetimizning bir qator  professor o‘qituvchilari boshchilik qilmoqda.

Amaliyotchi talaba yoshlarga va amaliyot rahbarlariga korxona tomonidan zarur shart-sharoitlar yaratilib berilib, jumladan, shaxsiy himoya vositalari, vaqtinchalik turar joy, uch mahal issiq ovqat va korxona hududida transport vositasi bilan bepul ta’minlanib ishlab chiqarish bo‘limlari bilan joyida tanishtirish va kerakli ma’lumotlarni to‘plash yuzasidan keng imkoniyatlar yaratilmoqda.

Neft va gaz texnologiyasi kafedrasi dots.t.f.f.d, (PhD) I.Ya. Sapashov

 

 

Foydali havolalar