Eʼlon !!!

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2023-yil 4-iyul PQ-200 Qarori 9-bandida belgilangan va Oliy taʼlim, fan va innovasiyalar vazirligining 2024-yil 18-yanvardagi 16-son buyrugʻi ijrosini taʼminlash maqsadida 2024-yilning 24-25-may kunlari Namangan davlat universitetida “Markaziy Osiyoda biologik xilma-xillikni saqlash: muammolar, yechimlar va istiqbollari” mavzusidagi xalqaro anjuman oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan mazkur xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda universitetning professor-oʻqituvchilar, tadqiqotchilar va talabalar ishtirok etishlari mumkin.

Batafsil maʼlumot

Foydali havolalar