Turkiyalik professor O‘zbek filologiyasi fakultetida

Bugungi kunda universitetimizda xalqaro aloqalarni rivojlantirish, dunyoning rivojlangan davlatlari tajribasini o‘rganish maqsadida xorijiy professor-o‘qituvchilarning ta’lim jarayoniga jalb qilish bo‘yicha bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, joriy yilning 12-mart kuni Qirg‘iziston Respublikasi Qirg‘iz-turk Manas universiteti dotsenti Erdal Aydoğmuş universitetimizga tashrif buyurdi. Turkiyalik o‘qituvchi 2024-yilning 12-16-mart kunlari oralig’ida universitetda bo‘ladi. Mehmon hozirda O‘zbek filologiyasi fakulteti o‘zbek tili ta’lim yo’nalishi 3-kurs talabalariga “O’zbek tili tarixi”, 1-kurs talabalariga “Jahon adabiyoti” fanidan, qozoq tili ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabalariga “Qozoq folklori” fanidan dars mashg‘ulotlarini o‘tmoqda. Ma’ruza davomida Erdal Aydoğmuş turkiy xalqlarning umummushratak tomonlari, xususan, o‘zbek, qoraqalpoq, qozoq va qirg’iz tili va adabiyotini turk tili va adabiyotining milliy-madaniy meroslari bilan taqqoslab tanishtirayotgani talabalarga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlamoqda. Dars jarayonlari talabalar tomonidan berilayotgan qiziqarli savollarga, bahs va munozaralarga ulanib ketmoqda.

Foydali havolalar