BIOLOGIYA FAKULTETIDA KADRLAR BYURTMACHILARI BILAN UCHRASHUV BO‘LIB O‘TDI

So‘ngi yillarda Respublikamizda yoshlarning bandligini ta’minlashga katta e’tibor qaratilmoqda. Qoraqalpoq davlat universitetida ishlab chiqilgan Kadrlar byurtmachilari bilan uchirashuv rejasi bo‘yicha 2024-yil 17-aprel kuni Biologiya fakultetida Biologiya, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, Tuproqshunoslik, Dorivor o‘simliklarni etishtirish va qayta ishlash texnologiyalari bo‘yicha ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bitiruvchi talabalar va kadrlar byurtmachilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Qoraqalpogʻiston boʻlimi Qoraqalpoq tabiat ilmiy-tadqiqot instituti, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, O‘rmon xoʻjaligi agentligi, Qizilmiya va boshqa dorivor oʻsimliklarini etishtirish va qayta ishlash korxonalari assotsiatsiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi meliorativ ekspeditsiya, Sudoche-Aqpetki davlat byurtma qoʻriqxonasi, Janubiy Ustuyrt milliy tabiat bogʻi va Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati mutaxassislari ishtirok etdi.

Uchrashuvda ishtirok etgan muassasa va tashkilotlarning vakillari o‘zlarining korxonalaridagi olib boriladigan ishlar, mutaxassislarga  qo‘yiladigan talablar va normativ hujjatlar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, korxonalaridagi vakant ish o‘rinlari va unga hujjat topshirish tartibini tushuntirib o‘tdi.

Uchrashuv savol javob shaklida davom etib bitiruvchi talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblarni olishdi.

Yaqub Ametov

Biologiya fakulteti dekani, biologiya fanlari doktori, professor

 

Amir Alimbetov

Ekologiya va tuproqshunoslik kafedrasi assistenti

 

 

Foydali havolalar